Все вакансии

Yuridik raqamli biznes boshqarmasi bosh mutaxassisi (SME Product manager)

АКБ «Банк развития бизнеса» · зарплата не указана · Ташкент · HH · опубликовано 4 мая 2026 г.

Компания АКБ «Банк развития бизнеса»
Источник HH
Опубликовано 4 мая 2026 г.
Зарплата зарплата не указана

Описание вакансии

Vazifalar:
• Yuridik mijozlar uchun mobil ilova va raqamli kanallardagi mahsulotlarni rivojlantirishda ishtirok etish;
• Onlayn kredit va omonat mahsulotlari bo‘yicha sotuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va optimallashtirish;
• Mijoz segmentatsiyasi asosida targetlangan takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
• Cross-sell va up-sell kampaniyalarini joriy etishda qatnashish;
• A/B testlar o‘tkazishda va natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish;
• UX/CX jarayonlaridagi muammolarni aniqlash va yaxshilash bo‘yicha takliflar berish;
• Marketing va IT jamoalari bilan birgalikda kampaniyalarni amalga oshirishda qatnashish;
• Raqobatchilar va bozorni monitoring qilish;
• Asosiy ko‘rsatkichlarni (conversion rate, CPA, ARPU) kuzatish va hisobot tayyorlash;
• Product backlog’ni yuritishda yordam berish va sprint vazifalarini bajarishda ishtirok etish. Talablar:
• Oliy ma’lumot (bank ishi, moliya, iqtisodiyot, IT yoki turdosh yo‘nalishlar);
• Bank, moliya yoki raqamli mahsulotlar yo‘nalishida 3 yillik ish tajribasi;
• Onlayn kredit va omonat mahsulotlari bo‘yicha asosiy jarayonlarni tushunish;
• Raqamli marketing kanallari (push, SMS, in-app, banner) bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich/amaliy tajriba;
• Analitik fikrlash va asosiy metrikalar (conversion, CPA, ARPU) bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Mijoz jalb qilish va sotuv funnel’ining asosiy bosqichlarini tushunish;
• UX/CX asoslari va mijoz yo‘li haqida tushuncha;
• Agile/Scrum bo‘yicha ishlash tajribasi (yoki tushunchasi) afzallik sifatida.
Ish sharoiti:
• To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00)
• Ish joyi bankning markaziy idorasida

Открыть вакансию в ленте