Loyiha boshqaruvi ofisi boshqarma boshlig'i - departamenti direktori o‘rinbosari
АКБ «Банк развития бизнеса» · зарплата не указана · Ташкент · HH · опубликовано 8 мая 2026 г.
Описание вакансии
Vazifalar:
• Bank faoliyati uchun muhim bo‘lgan loyihalar, yangi tashabbus va g‘oyalar bo‘yicha Bank rahbariyatiga takliflar tayyorlash;
• Bankning loyihalar portfelini shakllantirish, muvofiqlashtirish va nazorat parametrlarini belgilash;
• “Agile” metodologiyasi asosida loyihalar ustida ishlash jarayonini muvofiqlashtirish;
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda loyiha takliflari va transformatsiya jarayonlari bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish;
• Innovatsiya va loyiha komissiyasi ishini muvofiqlashtirish hamda komissiya qarorlarining bajarilishini ta’minlash;
• loyiha va transformatsiya dasturi bo‘yicha jamoa a’zolari ishini muvofiqlashtirish;
• ishga tushirilgan loyihalar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini monitoring qilish hamda oraliq va yakuniy hisobotlarni tayyorlash;
• loyiha takliflari reestri, Bank loyihalarining markazlashtirilgan reestri va loyiha hujjatlari namunalarini yuritish;
• loyiha faoliyati bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;
• loyihalar va transformatsiya dasturlari bo‘yicha Bosh bank, hududiy boshqarmalar, BXO hamda BXM bilan kommunikatsiya tizimini muvofiqlashtirish;
• loyihalarni boshqarish bo‘yicha bank xodimlariga maslahat berish va loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ko‘maklashish.
Talablar:
• Oliy iqtisodiy, moliyaviy, menejment, loyiha boshqaruvi yoki boshqa tegishli yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
• bank tizimida kamida 7 yillik ish tajribasi,shundan 2 yil rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo'lishi. Loyiha boshqaruvi, PMO, transformatsiya dasturlari yoki bank/FinTech loyihalarida ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi;
• loyihalarni boshqarish bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lishi; Agile va Scrum metodologiyalarini bilishi ustuvor hisoblanadi;
• loyihalar portfeli, loyiha hayotiy sikli, ustuvorlashtirish, KPI belgilash, monitoring, risklarni aniqlash va hisobot tayyorlash jarayonlarini bilishi;
• tarkibiy bo‘linmalar, loyiha jamoalari, komissiyalar va tashqi maslahatchilar bilan samarali kommunikatsiya hamda muvofiqlashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• loyiha takliflari, yo‘l xaritalari, reestrlar, loyiha hujjatlari namunalari, oraliq va yakuniy hisobotlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
• loyihalarning samaradorligi, dolzarbligi va muvaffaqiyat mezonlarini baholash bo‘yicha analitik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi;
• MS Office dasturlarida puxta ishlay olishi; MS Project, Jira, Confluence, Asana, Trello, Power BI yoki shunga o‘xshash vositalarni bilishi afzallik hisoblanadi;
• PMP, PRINCE2, Agile/Scrum yoki loyiha boshqaruvi bo‘yicha boshqa sertifikatlar afzallik hisoblanadi;
• o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini bilishi afzallik hisoblanadi;
• rahbarlik, tashabbuskorlik, jamoani boshqarish, ijro intizomi va natijaga yo‘naltirilganlik ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Ish sharoiti:
• To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00)
• Ish joyi bankning markaziy idorasida