Chief Data Officer (CDO)
Aloqabank · зарплата не указана · Ташкент · HH · опубликовано 4 мая 2026 г.
Описание вакансии
Asosiy vazifalar:
• Bankda ma’lumotlarni boshqarish (Data Management) bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Data Governance tizimini joriy etish va rivojlantirish (siyosatlar, standartlar, reglamentlar, rollar va mas’uliyatlar);
• Ma’lumotlar sifati (to‘liqlik, aniqlik, dolzarblik, izchillik)ni ta’minlash bo‘yicha jarayonlarni yo‘lga qo‘yish;
• Master Data Management (MDM), metadata, data lineage va data catalog bo‘yicha yondashuvlarni joriy etish;
• Rahbariyat va biznes bo‘linmalar uchun ishonchli analitik hisobotlar va dashboardlar ekotizimini rivojlantirish;
• BI, DWH, ETL/ELT va data platforma loyihalarini muvofiqlashtirish hamda ustuvorlashtirish;
• Ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish madaniyatini shakllantirish (data-driven management);
• Risk, komplaens, AML, kredit, marketing, IT va operatsion bloklar bilan ma’lumotlar bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish;
• Ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiylik va regulyator talablariga muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli bo‘linmalar bilan ishlash;
• Ichki va tashqi hisobotlar uchun ma’lumotlarni tayyorlash jarayonlarini standartlashtirish va avtomatlashtirish;
• Sun’iy intellekt (AI), advanced analytics va predictive analytics tashabbuslari uchun data tayyorligini oshirish;
• Bank sektoridagi data management va analitika bo‘yicha zamonaviy yechimlarni o‘rganish, tahlil qilish va amaliy takliflar kiritish;
• Data yo‘nalishidagi jamoalarni rivojlantirish, KPIlarni belgilash va natijadorlikni monitoring qilish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, IT, matematika, statistika, business analytics yoki boshqaruv yo‘nalishlarida);
• Magistr darajasi (MBA, Data Science, Business Analytics va boshqalar) ustunlik beradi;
• Bank yoki moliya sohasida ma’lumotlar bilan ishlash, analitika yoki data management yo‘nalishida kamida 5 yil ish tajribasi;
• Rahbarlik lavozimida ishlagan tajriba (BI, data, analitika, IT, risk analitikasi yoki transformatsiya yo‘nalishida);
• Data Governance, Data Quality, Data Architecture, MDM, metadata boshqaruvi bo‘yicha amaliy tushuncha va tajriba;
• BI vositalari (Power BI, Tableau, Qlik va boshqalar) bilan ishlash tajribasi;
• SQL, data warehouse (DWH), ETL/ELT jarayonlari bo‘yicha yaxshi bilim;
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ularni biznes qiymatga aylantira olish ko‘nikmasi;
• Big Data, AI/ML, API integratsiya va zamonaviy data platformalar bo‘yicha tushuncha;
• Ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiylik va bank regulyator talablari bo‘yicha bilim;
• Strategik fikrlash, tizimli yondashuv va kuchli analitik tafakkur;
• Loyihalarni boshqarish, ustuvorliklarni belgilash va jamoalararo hamkorlikni tashkil eta olish;
• Rus tilida erkin so‘zlashish;
• Ingliz tilini bilish ustunlik beradi;
• Ravon va tushunarli muloqot qila olish, rahbariyat oldida takliflarni asoslab bera olish;
• Yuqori mas’uliyat, tashabbuskorlik, natijaga yo‘naltirilganlik.
• Ish sharoitlar:
• Qulay va shinam ofis;
• Lavozimda koʻtarilish uchun imkoniyat;
• Oʻsish va rivojlanish uchun imkoniyat;
• Ahil va professional jamoa;
• Raqobatdosh ish haqi;