Все вакансии

Chakana raqamli biznes boshqarmasi bosh menejeri (Chief Product Owner)

АКБ «Банк развития бизнеса» · зарплата не указана · Ташкент · HH · опубликовано 4 мая 2026 г.

Компания АКБ «Банк развития бизнеса»
Источник HH
Опубликовано 4 мая 2026 г.
Зарплата зарплата не указана

Описание вакансии

Vazifalar:
• Mobil ilova va boshqa raqamli kanallar uchun chakana mijozlarga mo‘ljallangan raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish;
• Mahsulot strategiyasi va roadmap’ni ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
• Onlayn kredit, omonat, karta va to‘lov mahsulotlari bo‘yicha raqamli sotuv va foydalanish ko‘rsatkichlarini oshirish;
• Mijoz segmentatsiyasi asosida qiymat takliflari va shaxsiylashtirilgan mahsulot yechimlarini yaratish;
• A/B testlar orqali mahsulot funksiyalari, foydalanuvchi ssenariylari va dizayn yechimlarini takomillashtirish;
• UX/CX jarayonlarida muammolarni aniqlash va mijoz tajribasini yaxshilash tashabbuslarini ilgari surish;
• Product backlog’ni shakllantirish, prioritetlash va sprintlar doirasida bajarilishini nazorat qilish;
• Marketing, IT, risk va boshqa tegishli jamoalar bilan hamkorlikda mahsulotni rivojlantirish;
• Raqobatchilar tahlili va bozor trendlarini o‘rganish asosida mahsulotni doimiy takomillashtirish;
• Asosiy metrikalarni (conversion rate, DAU/MAU, CPA, ARPU, retention, churn) monitoring qilish va yaxshilash. Talablar:
• Oliy ma’lumot (bank ishi, moliya, iqtisodiyot, matematika yoki IT yo‘nalishlarida);
• Raqamli mahsulotlar, bank yoki fintech sohasida kamida 6 yillik ish tajribasi;
• Chakana bank mahsulotlari (onlayn kreditlar, omonatlar, kartalar va to‘lov xizmatlari) bo‘yicha biznes jarayonlarni chuqur tushunish;
• Raqamli kanallar orqali mahsulot rivojlantirish va sotuv mexanizmlarini yaxshi bilish;
• Product ownership, Agile/Scrum metodologiyalari bo‘yicha amaliy tajriba;
• UX/CX tamoyillari va customer journey mapping bo‘yicha bilim va tajriba;
• Raqamli marketing kanallari (push, SMS, in-app, banner va boshqalar) bilan ishlash tajribasi;
• Analitik fikrlash, ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish va KPI bilan ishlash ko‘nikmasi;
• A/B testlash, product analytics va konversiya optimizatsiyasi bo‘yicha tajriba;
• CRM tizimlari va mijoz segmentatsiyasi bilan ishlash tajribasi (afzallik beradi);
• Kuchli kommunikatsiya va cross-functional jamoalarni boshqarish ko‘nikmalari.
Ish sharoiti:
• To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00)
• Ish joyi bankning markaziy idorasida

Открыть вакансию в ленте